15 May 2022 yil 436

10 sotix yer maydonini 80 000 000 so‘mga baholagandi

Urganch shahrida yashovchi fuqaro A.A. tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun qulay yer maydoni qidirib yurganidan xabar topgan Xiva tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan, A.X. unga Qo‘shko‘pir tumanida 10 sotix yer uchastkasi borligini, shu yerni tanishlari orqali rasmiylashtirish berishini aytib, buning evaziga har bir sotix yer uchun 8 000 000 so‘mdan, jami 80 000 000 so‘m pul berishini talab qiladi.

Fuqaro A.A.ning ichki ishlar organlariga qilgan murojaati asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida joriy yilning 20 aprel kuni A.X. Urganch shahri hududida o‘zining tengdosh tanishi U.J. bilan jinoiy til biriktirib, talab qilingan 80 000 000 so‘m pulni olayotgan paytida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Xorzm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech