24 May 2023 yil 431

Andijondan kelib Xorazmda o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan shaxslar qo‘lga olindi

Joriy yilning 20 aprel kuni Urganch shahrida joylashgan bank yonidagi avtoturargohda “Lasetti” rusumli avtomashinaning yukxonasi nomaʼlum shaxslar tomonidan buzib ochilib, jami 271 000 000 so‘m pullar yashirin ravishda o‘g‘irlab ketilganligi to‘g‘risida Xorazm viloyati IIB navbatchilik qismiga xabar kelib tushdi.

Mazkur xabarga asosan hodisa joyiga yetib borgan tergov-tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishildi.

Malakali xodimlardan iborat tergov-tezkor guruhi tomonidan olib borilgan tergovga oid tezkor-qidiruv ishlari natijasida ushbu o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan jinoiy guruh fosh etildi.

Ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Andijon viloyatida yashovchi, ilgari bir necha marotaba sudlangan va sud tomonidan “O‘ta xavfli retsedivist” deb topilgan, 1993 yilda tug‘ilgan, Sh.T. o‘zi kabi “O‘ta xavfli retsedivist”, 1989 yilda tug‘ilgan, B.A. va ilgari sudlanmagan, 1988 yilda tug‘ilgan, J.O. lar bilan o‘zaro jinoiy til biriktirgan holda sodir etganligi maʼlum bo‘ldi.

Shuningdek, tergov harakatlari davomida, gumondorlar o‘g‘irlik natijasida qo‘lga kiritilgan pullarning bir qismiga ikkita “Spark” rusumli avtomashina harid qilganliklari ayon bo‘ldi.

Xozirda gumondorlar protsessual tartibda ushlangan, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech