26 Iyun 2020 yil 567

Biz giyohvandlikka qarshimiz

26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab mehnat jamoalarida va aholining turli qatlamlari orasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Xorazm viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha masʼul xodimlari ham karantin qoidalaridan kelib chiqqan holda “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar.

Urganch Davlat Universitetining bir guruh talabalari bilan masofadan turib onlayn tarzda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri talabalarning faol ishtiroki bilan qiziqarli tus oldi.

Talabalarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari to‘g‘risida tibbiy asoslantirilgan maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining tashabbusi bilan “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlab tayyorlangan   targ‘ibot bannerlari markaziy ko‘chalarga o‘rnatilgan bo‘lsa, bukletlar aholi o‘rtasida tarqatildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech