7 Iyun 2020 yil 718

Chora-tadbirlar kuchaytiriladi

Dunyo hamjamiyatini tashvishga solib koronavirus infeksiyasi  o‘zining qora soyalari Xorazm viloyatiga yana bir bor tashladi. Kuni kecha viloyatimiz aholisi orasida ham ushbu virus bilan zararlangan shaxslar borligi qayd etildi.

Shunday ekan endilikda har bir fuqaro koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishini oldini olish maqsadida sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etishi juda muhimdir.

Xorazm viloyati IIB shaxsiy tarkibi tomonidan karantin qoidalarini taʼminlash, fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish bilan bog‘liq chora-tadbirlar yana-da kuchaytirildi.

Xususan, viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tarkibidagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar va hududiy profilaktika inspektorlari o‘zaro hamkorlikda shahar va tumanlardagi bozorlar, savdo shaxobchalari va dorixonalarda hamda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi turli tashkilotlarda karantin qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqdalar.

Virusli kasalliklardan himoyalanish tartib-qoidalari yuzasidan qo‘llanma shaklida viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktika boshqarmasi tashabbusi bilan tayyorlangan bukletlar (kimyoviy ishlov berilgan) ham aholi orasida tarqatilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

  

Hurmatli fuqarolar, hozircha faqatgina karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilish orqali ushbu kasallikni oldini olish mumkin bo‘lgan davrda barchamiz shaxsiy iroda va tartib-intizomimizni namoyon etaylik.

Text to speech