27 May 2020 yil 943

Dastlabki bilim va ko‘nikmalari shakllantirilmoqda

Dastlabki bilim va ko‘nikmalari shakllantirilmoqda

 

Ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlari lavozimiga ko‘ra mahalla fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanib, ular asosan mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida maqsadli va manzilli tezkor-profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida endilikda har bir mahallada bir nafar profilaktika inspektori faoliyat olib borishi belgilab qo‘yildi.

Shundan kelib chiqqan holda Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bo‘yicha yangi joriy etilgan profilaktika inspektorlari lavozimlari oshkoralik va muqobillik tamoyillari asosida bilimli va fidoyi xodimlar bilan jamlandi.

Profilaktika inspektori lavozimiga yangi tayinlangan ushbu xodimlarning  xizmat faoliyatiga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish uchun Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i polkovnik S.Q.Rahimov va boshqarmaning malakali xodimlari tomonidan qisqa muddatli seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Egniga ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat kiyimini kiygan ushbu yigitlar kelgusida ichki ishlar organlarining mahalladagi vakili bo‘lib emas, aksincha mahallaning ichki ishlar organlaridagi vakili sifatida xizmat olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech