15 Iyun 2020 yil 621

“Yosh harbiy ijodkor” ko‘rik-tanlovining Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash va 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Qurolli Kuchlar tarkibidagi tuzilmalarda xizmat qiluvchi yoshlar o‘rtasida “Yosh harbiy ijodkor” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqining Xorazm viloyati Kengashi tashabbusi bilan yuqoridagi ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi 2020 yil 15 iyun kuni Urganch shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tdi.

Ko‘tarinki ruhda shu bilan birgalikda karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda bo‘lib o‘tgan ushbu ko‘rik-tanlovda Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ijodga oshno yoshlar faol ham ishtirok etdilar.

Yangidan-yangi harbiy ijodkor yoshlarni kashf etgan ushbu ko‘rik-tanlovda Xorazm viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi yoshlar yetakchisi kapitan Azamat Nurullayev va Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB profilaktika inspektori kapitan Doniyor Iskandarov faol ishtiroki uchun Yoshlar Ittifoqi viloyat Kengashining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandilar.

Xorazm viloyatida “Yoshlar kuni” doirasida turli ijtimoiy-siyosiy va madaniy-maʼrifiy tadbirlar davom etadi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech