2 Oktyabr 2021 yil 486

Eʼtirof va eʼtiborga loyiqsiz, ustozlar!

Bayramlar yaqinlarni yo‘qlab borish, samimiy tilaklar izhor etish bilan yana-da zavqlidir.

Bunday ezgu ishlar so‘nggi yillarda Xorazm viloyati ichki ishlar organlarining faoliyatining ajralmas qismiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari ham sohada uzoq yillar samarali xizmat qilib hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriylardan bir guruhini bayram munosabati tabriklab, o‘zlarining sovg‘alari va dil tilaklari bitilgan tabriknomalarni topshirdilar.

Isteʼfodagi polkovniklar Ozod aka Qodirov va Zulfiya opa Yoqubovalar shogirdlarining bayram kunidagi tashrifidan cheksiz xursand bo‘lganliklarini bildirib, shogirdlari kamolini tilab duo qildilar

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech