21 May 2022 yil 385

Hazorasp tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga asosan ayni kunlarda viloyatda jinoyatchilikni jilovlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar shahar va tumanlar kesimida atroflicha o‘rganib chiqilayotganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruhning navbatdagi manzili Hazorasp tumani bo‘ldi.

Ishchi guruh aʼzolari dastlab, tumanda jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish  borasida ichki ishlar organlari va hamkor tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilishdi.

Shundan keyin tuman IIB profilaktika xizmati tarkibiga kiruvchi xodimlarning ish yurituvidagi xizmatga oid hujjatlar nazorat tartibida o‘rganildi. Shu bilan birgalikda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar va inspektor-psixologlarning xizmat jarayonlari ham yaqindan o‘rganildi.

Ishchi guruh tomonidan tumandagi profilaktika inspektorlarining xizmat uylaridan foydalanish ahvoli ham o‘rganilib, ularga zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.

Yakunda ishchi guruh tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam va o‘rganish natijalarining sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tumanda jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini tizimli ravishda amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech