6 Aprel 2021 yil 682

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i Yangibozor tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov tomonidan aholining murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida 2021 yilning 6 aprel kuni Yangibozor tumanining “Boshqirshix” mahallasida joylashgan “Madaniyat saroyi” binosida (karantin qoidalariga rioya qilingan holda) sayyor qabul o‘tkazildi.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i D.Nazarmuxamedov va  Yangibozor tumani Hokimi O‘.Qurbonov tomonidan sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, qonuniy hal etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Murojaatlar asosan ichki ishlar organlari faoliyati va ijtimoiy soha bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.

Sayyor qabul doirasida mahalliy yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa ularning muammo va takliflari o‘rganildi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilab olindi.

Shuningdek sayyor qabul doirasida tumanda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.  

 Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech