8 Dekabr 2020 yil 525

Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida viktorina o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Xiva shahridagi umumtaʼlim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligning 28 yilligiga bag‘ishlab “Konstitutsiya – xalq taqdirida” mavzusida (karantin qoidalariga rioya qilgan holda) tadbir o‘tkazildi.

Bunda asosiy maqsad  yosh avlodga Konstitutsiyaning kundalik hayotimizda tutgan o‘rni va qonun ijodkorligini amalga oshirishda Konstitutsiyaning ustuvorligini tushuntirishga qaratildi.

Shu maqsadda joriy yilning 7 dekabr kuni Xiva shahridagi ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan 17-son va 2-son o‘rta taʼlim maktablarida bo‘lib o‘tgan tadbirda Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari o‘quvchilarga mamlakatimizning dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rnini egallashida va mustaqilligimizni yana-da mustahkamlanishida Bosh qomusimizning tutgan o‘rnini hayotiy misollar bilan tushintirib o‘tdilar.

Shu bilan birgalikda, bugungi kunda boshqarma xodimlari viloyatga tashrif buyurayotgan sayyohlarning xavfsizligini taʼminlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ham batafsil maʼlumot berib o‘tishdi.

Shundan so‘ng, boshqarma xodimlari tomonidan taʼlim dargohi o‘quvchilarning Konstitutsiyaviy savodxonligini va Konstitutsiyaga oid savollarga bo‘lgan hozirjavobligini oshirish maqsadida “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida viktorina o‘tkazildi.

Viktorinada faol ishtirok etgan zukko o‘quvchilar boshqarma xodimlari tomonidan esdalik sovg‘alari hamda Konstitutsiya kitobi bilan taqdirlandi. Shuningdek, huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishdagi hamkorligi uchun har ikkala maktab kutubxonalariga xorijiy va o‘zbek adabiyotining durdona asarlaridan iborat badiiy kitoblar to‘plami bayram sovg‘asi sifatida topshirildi.

 Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech