9 Iyul 2020 yil 547

Xorazm viloyatida oila-turmush doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar kuchaytirildi.

Ichki ishlar organlari tashabbusi bilan amalga oshiriladigan “Turmush” profilaktik tadbiri avvalambor oilalar mustahkamligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Shu boisdan ham Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va uning quyi tuzilmalarida faoliyat olib boruvchi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar joriy xaftada “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida “Turmush” profilaktik tadbiridan kelib chiqqan holda bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdilar.

Jumladan, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar kun davomida, oila-turmush doirasidagi kelishmovchiliklar sababli profilaktik hisobga olingan oilalarda bo‘lishib, ushbu oilalarda xotin-qizlarning tazyiq va zo‘ravonlikka uchrashini oldini olish hamda ularning ijtimoiy himoyasini o‘rganish masalalari bilan shug‘ullanishdi.

Katta inspektorlarga hamroxlik qilgan hududiy patranaj hamshirasi esa o‘z navbatida xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, karantin davrida rioya qilinishi lozim bo‘lgan sanitariya-gigiyena qoidalari yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning o‘tgan davrida Xorazm viloyatida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 179 nafar xotin-qizlarga ichki ishlar organlari tomonidan “Himoya orderi” berilib, ularning huquq va erkinliklari taʼminlanishi qatʼiy nazoratga olindi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech