16 Iyul 2020 yil 595

Xorazmda karantin qoidalarini taʼminlash borasidagi hamkorlik

Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat tashvishli tus olayotganligi sababli respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin qoidalarini kuchaytirish borasida yangi qaror qabul qilinganligidan xabardormiz.

Bugungi kunda hududlarda aholi salomatligini asrash borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Xorazm viloyatida ham fuqarolar tomonidan karantin qoidalariga so‘zsiz rioya qilinishini taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bu borada ayniqsa, aholi umumfoydalanadigan obyektlarda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlariga dezinfeksiya ishlarini amalga oshirishda hududiy ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordamning o‘rni beqiyos bo‘lmoqda.

Shuningdek, viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari aholi o‘rtasida karantin qoidalarini targ‘ib etish va ushbu qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish borasida o‘zlarining fidoyiliklarini namoyon etmoqdalar.

Viloyatimizda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning yaqin sirdoshiga aylanib ulgurgan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar tomonidan karantin qoidalariga rioya etilishi borasida berilayotgan tavsiya va tushuntirishlarga aksariyat oilalarda qatʼiy rioya qilinayotganligi quvonarli holdir.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech