16 Noyabr 2020 yil 744

IIV Xorazm Akademik litseyida bo‘lib o‘tgan navbatdagi tadbir bayrog‘imiz qabul qilingan sanaga bag‘ishlandi

18 noyabr mamlakatimizda o‘zgacha kutib olinadi. Chunki 1991 yilning aynan shu sanasida mustaqil davlatimizning eng asosiy ramzlaridan biri bo‘lmish bayrog‘imiz qabul qilingan.

Mana 29 yildirki mamlakatimizda bayrog‘imiz qabul qilingan sana munosabati bilan turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazib kelinadi.

IIV Xorazm Akademik litseyida bugun o‘tkazilgan navbatdagi madaniy-maʼrifiy tadbir ham aynan O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilinganligining 29 yilligiga bag‘ishlandi.

Ushbu madaniy-maʼrifiy tadbir faqatgina ijodiy kecha sifatida tashkil etilmay, o‘quvchilar o‘rtasida sport va tasviriy sanʼatni yana-da ommalashtirishga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bois litsey o‘quvchilari Vatanimiz bayrog‘ini tarannum etuvchi sheʼrlarni ijro etish bilan birgalikda "Bayrog‘imiz - faxrimiz, g‘ururimiz" mavzusida rasmlar tanlovida va sportning shashka turi bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga litsey rahbariyati va Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech