3 Iyul 2020 yil 661

Karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilish dolzarb masala

Bugungi kunda dunyoning barcha davlatlarida koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat insoniyatni tashvishga solayotgani sir emas.

Xalqaro hamjamiyat tomonidan pandemiya deya tan olingan xozirgi epidemiologik vaziyat insonlardan sanitariya-gigiyena va karantin qoidalariga qatʼiy rioya etishni talab etadi.

Shundan kelib chiqqan holda, Xorazm viloyati IIB shaxsiy tarkibi tomonidan aholi o‘rtasida karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Xususan, viloyat ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari 2 iyul “Payshanba - huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” bilan bog‘liq targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish chog‘ida karantin va sanitariya-gigiyena qoidalarini aholiga to‘g‘ri tushuntirishga ham alohida eʼtibor qaratishdi.

Sanitariya-epideomilogik osoyishtalik markazi ishchi-xizmatchilari bilan hamkorlikda aholi gavjum bo‘ladigan obyektlarda va savdo majmualarida o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari jarayonida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar tomonidan Xorazm viloyati IIB tashabbusi bilan  tayyorlangan (dezinfeksion ishlov berilgan) karantin qoidalari va huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan bukletlar ham tarqatildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech