16 Iyun 2020 yil 1909

Kitob –bebaho xazina

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqining viloyat kengashi vakillari IIV Xorazm akademik litseyida bo‘lib, o‘quvchi va pedagoglar bilan uchrashishdi, bu yerda yaratilgan sharoit bilan tanishishdi. Litseyda ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari o‘quv-metodik xonalarining tashkil etilgani, har bir o‘quv xonalari ko‘rgazmali qurollar hamda stendlar bilan taʼminlangani, qolaversa, o‘quvchilarning turli yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetini shakllantirish, jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati bo‘yicha tasavvurlarini hosil qilishga alohida eʼtibor qaratilgani mehmonlarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Uchrashuvda Yoshlar ittifoqining viloyat kengashi tomonidan litsey kutubxonasiga 15 million so‘mlik 846 dona badiiy va ommabop kitoblar sovg‘a qilindi.

– Kitob – xazinalar kaliti, tafakkur chirog‘idir, – deydi IIV Xorazm akademik litseyi direktori, podpolkovnik Ro‘ziboy Masharipov. – Uni inson tafakkurining qanotiga qiyoslash mumkin. Zero, tafakkuri boy, dunyoqarashi keng, maʼrifatli kishilar jamiyatning chinakam fidoyilari, qudratli kuchidir. Albatta, ushbu kitoblarni o‘qigan yoshlar ham kelajakda fidoyi insonlar bo‘lib kamolga yetadi. Yurtimizga, xalqimizga halol xizmat qilishadi.

Elyorbek MATYOQUBOV,

IIV Xorazm akademik litseyi direktori

o‘rinbosari

Text to speech