15 Sentyabr 2020 yil 824

Ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda o‘zlarining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz Prezidentimizning Farmoniga asosan “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Taqdirlanganlar orasida Xorazm viloyati ichki ishlar organlarining 49 nafar fidoyi xodimlarning nomlari ham bor.

15 sentyabr kuni Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ushbu ko‘krak nishonlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat IIB boshlig‘i general-mayor D.Nazarmuxamedov ishtirok etdi. U bugungi pandemiya sharoitida o‘z xizmat vazifalarini bajarishga sidqidildan yondashib, xalq manfaatlari yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan xodimlarning mehnatlari munosib ravishda eʼtirof etilib, “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganliklari bois muborakbod qildi.

Ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech