17 Dekabr 2022 yil 326

Markaz faoliyati doimiy nazoratda

Xorazm viloyati IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi bugungi kunda to‘liq taʼmirlanib, markazda saqlanuvchi bolalar hamda u yerda faoliyat yurituvchi xodimlar uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Xorazm viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari kapitan S.Xudayberganova doimiy ravishda markaz xodimlarining xizmat o‘tash jarayonini o‘rganib, markazda saqlanayotgan bolalar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy-profilaktik ishlar bilan yaqindan tanishib kelmoqda.

Shaxsiy tarkib bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda har bir xodim xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya qilishi, markazda saqlayotgan voyaga yetmagan bolalar bilan muloqot chog‘ida xushmuomala bo‘lishi lozimligi alohida uqtirib o‘tiladi.

Asosiy eʼtibor markazda saqlanayotgan bolalarning maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan fan to‘garaklariga qaratilgan.

 

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech