21 May 2020 yil 930

Obod va xavfsiz mahalla tamoyiliga hamohang

Obod va xavfsiz mahalla tamoyiliga hamohang

 

Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i polkovnik S.Rahimov tomonidan  “Jinoyatchilikka qarshi kurash oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar viloyatimizdagi barcha mahallalarda manzilli o‘rganilmoqda.

Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va uning o‘rinbosarlari hamda bir guruh faollar bilan samimiy va ishchanlik ruhida o‘tkazilgan uchrashuvlarda mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berilib, tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.

Albatta bu borada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda tashkil etilgan “Jamoatchilik nazorati maskanlari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligi uqtirilib, aholi orasida “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak” degan tushunchani mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, jinoyatchilikka qarshi kurash hamda uning barvaqt oldini olish borasidagi eng muhim omil ekanligi viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvlarda yana bir bor tushuntirildi.

Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik S.Rahimov mahallalarda bo‘lganida aholi va shu hududga xizmat ko‘rsatuvchi profilaktika inspektorining xizmat uyida tomorqadan foydalanishning ahvoli bilan ham yaqindan tanishib bormoqda.  

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech