15 Dekabr 2022 yil 670

O‘g‘rilikda gumonlanuvchi shaxs qamoqqa olindi

Joriy xaftada ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida masjidda begona shaxslarning yechib qo‘ygan ustki kiyimlari cho‘ntagidan pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlagan shaxsga oid turli fotovideoxabarlar tarqaldi.

Ushbu xabarlar Xorazm viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va o‘g‘irlikda gumonlanayotgan shaxs to‘g‘risidagi barcha maʼlumotlarga aniqlik kiritilib, uni ushlash choralari ko‘rildi. Ushbu shaxs, Urganch shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan, F.O.ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida gumondor F.O. uchta xolatda masjidda begona shaxslar yechib qo‘ygan kiyimlardan turli miqdordagi pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlaganligi aniqlandi.

Gumondor O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyat sodir qilganlikda ayblanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.


Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech