7 Sentyabr 2020 yil 581

O‘quvchilar sog‘lig‘ini asrash barchamizning burchimizdir

Pandemiya sababli eʼlon qilingan karantin choralari bir karra yumshatilib, deyarli olti oylik tanaffusdan keyin umumtaʼlim maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi.

Karantin choralari yumshatilgan bo‘lsada, koronavirus infeksiyasi tarqatilishiga batamom chek qo‘yilmaganligi bois, taʼlim muassasalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish talab etiladi.

Shundan kelib chiqqan holda Xorazm viloyatidagi o‘quv jarayonlari boshlangan barcha umumtaʼlim maktablarida karantin qoidalariga rioya qilinishini taʼminlashda ichki ishlar organlarining hududiy profilaktika inspektorlari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Profilaktika inspektorlari jarayonlarni nazorat qilish bilan cheklanib qolmasdan, o‘quvchilarga sinf xonalarida o‘tirish, yo‘laklarda harakatlanish va binoga kirish-chiqish paytida tirbandlikka yo‘l qo‘ymaslik hamda sanitariya-gigiyena vositalaridan to‘g‘ri foydalanish tartib-qoidalarini ham tushuntirmoqdalar.

Darhaqiqat bolaning begonasi bo‘lmaydi, ularning sog‘lig‘i va porloq kelajagi uchun barchamiz birdek masʼulmiz.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech