23 May 2020 yil 800

O‘zaro ishonch va samimiylik asosida

O‘zaro ishonch va samimiylik asosida

 

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha ichki ishlar organlarida joriy etilgan katta inspektor lavozimlari o‘tgan qisqa davr ichida jamiyatimizda ijobiy jihatlarini ko‘rsata oldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bir so‘z bilan aytganda kundalik hayotida ijtimoiy-huquqiy jihatdan biron-bir muammoga duch kelgan xotin-qizlarimiz o‘zlarining dardu-tashvishlarini dildan ayta oladigan samimiy sirdoshga ega bo‘ldilar.

Ayni kunlarda Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tarkibidagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar “Jinoyatchilikka qarshi kurash oyligi” doirasida viloyatdagi mahallalarda, mehnat jamoalarida xotin-qizlar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqdalar.

O‘zaro ishonch va samimiylik asosida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlarda viloyatimizda xotin-qizlarning jinoyat va huquqbuzarlikka qo‘l urishi, yoki aksincha xotin-qizlarning jinoyat qurboni yoki oilada zo‘ravonlik va tazyiqqa duchor bo‘lishini oldini olish yuzasidan huquqiy tushunchalar berilmoqda.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar tomonidan oilaviy kelishmovchiligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan yakka yoki vaziyatdan kelib chiqqan holda psixologlar, kayvoni onaxonlar, otinoyilar ishtirokida suhbatlar o‘tkazilayotganligi, oila-turmush doirasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishda muhim rol o‘ynamoqda.

 

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech