25 Yanvar 2023 yil 326

Qaror mazmun-mohiyati litsey o‘quvchilari eʼtiboriga yetkazildi

Ayni kunlar Xorazm viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlari tomonidan ichki ishlar organlarining hududiy va sohaviy xizmatlarida, taʼlim muassasalarida, mehnat jamoalari va keng jamoatchilik o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-sonli Qarorining mazmun-mohiyatini targ‘ib etishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday targ‘ibot uchrashuvlaridan navbatdagisi IIV Xorazm akademik litseyi o‘qituvchi-pedagoglari va o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazildi.  Yig‘ilishni litsey direktori mayor L.Yaqubov olib bordi. Yig‘ilishda so‘z olgan  Xorazm viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik D.Bog‘bekova mazkur  qaror nafaqat ichki ishlar organlari faoliyatida, balki davlat va jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutishini taʼkidlab, qarorning asosiy maqsadi ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini taʼminlash, mahallalar, aholi turar joylari va butun yurtimizda qonun ustuvorligi, tinchlik-osoyishtalikni yana-da mustahkamlash ekanligini aytib o‘tdi.

Uchrashuvda ishtirokchilarning mazkur qaror yuzasidan qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech