26 Iyul 2020 yil 673

Rasmiy munosabat: You Tube videoxostingidagi “Baxodir brat” kanalida “Xorazmda polniy bespredel...GAI xodimi tomonidan adolatsizlik va nohaqlik”  nomi ostida tarqatilgan videolavha yuzasidan

2020 yil 26 iyul kuni You Tube videoxostingidagi “Baxodir brat” kanalida “Xorazmda polniy bespredel...GAI xodimi tomonidan adolatsizlik va nohaqlik” nomi ostida tarqatilgan videolavhada ko‘rsatilgan holat Xorazm viloyatida qayd etilganligi sababli viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Videolavhada 2020 yil 13 iyul kuni tush paytida Urganch shahrining Xonqa va Al-Xorazmiy ko‘chalari chorrahasida karantin munosabati bilan tashkil etilgan vaqtinchalik to‘siq-postda xizmat olib borayotgan YPX inspektori va “Spark” rusumli 90 836 TTE davlat raqam belgili taksi avtomashinasining haydovchisi o‘rtasidagi muloqot jarayoni aks etgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkaziladigan xizmat tekshiruvi jarayonida YPX inspektori va haydovchining xatti-harakatlariga qonuniy baxo berilgach, qo‘shimcha ravishda maʼlumot taqdim etiladi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech