10 Mart 2023 yil 472

Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarama-qarshi yurgan bu shovvozga Xorazmlik Ichki ishlar organi xodimlari chora ko‘rishlariga ishonamiz...” nomli sarlavha ostida tarqalgan videolavha yuzasidan

Joriy yilning 10 mart kuni Ijtimoiy tarmoqlarda qora rangli “Lasetti” rusumli avtomashina transport vositalarining yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgani aks etgan videolavha tarqalib, ushbu videolavhaga “Qarama-qarshi yurgan bu shovvozga Xorazmlik Ichki ishlar organi xodimlari chora ko‘rishlariga ishonamiz...” deb izoh qoldirilgan.

Shu bois ushbu videolavha Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilganida,  fuqaro S.K.ga tegishli 90P391QA davlat raqam belgili “Lasetti” rusumli transport vositasini uning o‘g‘li, Urganch tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan, B.Yu. transport vositasiga o‘zboshimchalik bilan “antenna” o‘rnatgan holda qayta jixozlab, 2023 yilning 10 yanvar kuni soat taxminan 22:00 larda, Urganch shahrining Maʼrifatchi ko‘chasida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalish yo‘lagi bo‘ylab, boshqa transport vositalari uchun xavfli tarzda harakatlanganligi maʼlum bo‘ldi.

Fuqaro B.Yu.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 125- moddasi 3-qismi hamda 128-5-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgani uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi. 

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech