27 Iyul 2022 yil 299

Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Bog‘ot tumanining Oqtepa mahallasida IIB xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi tortishuv aks etgan videolavha yuzasidan

2022 yil 26 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Bog‘ot tumani Oqtepa mahallasi hududida bir guruh fuqarolar va ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasidagi tortishuvli muloqot jarayoni aks etgan videolavha tarqaldi.

Ushbu videolavha Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganilganida quyidagilarga aniqlik kiritildi:

2022 yil 25 iyul kuni soat 23:30 lar atrofida Bog‘ot tumani markazidagi istirohat bog‘i atrofida o‘z xizmat faoliyatini olib borayotgan viloyat IIB YHXB YPX inspektorlari avtomobil yo‘lining qatnov qismida piyoda yurib borayotgan shaxsni to‘xtatib, unga yo‘lning qatnov qismidan harakatlanish xavfli ekanligini hamda transport vositalarining harakatlanishiga halaqit qilmasligini tushuntirayotganlarida piyodaning shu yerdagi do‘konda sotuvchi bo‘lib ishlovchi ukasi muloqotga aralashib, piyoda uning akasi ekanligini, u mast holda bo‘lsada transport boshqarmayotganligini ro‘kach qilib, akasiga nisbatan chora ko‘rmaslikni so‘ragan.

YPX inspektorlari va do‘kon sotuvchisi o‘rtasidagi muloqotni shu yerdagi boshqa bir necha fuqarolar kuzatib turganligi sababli ushbu hududdan o‘tib borayotgan tuman IIB tergov-tezkor guruhi aʼzolari ham shu joyda to‘xtagan.

Shundan keyin guruh aʼzolari fuqarolarni jamoat tartibiga qatʼiy rioya qilish to‘g‘risida ogohlantirib, tarqatib yuborgan.

Mazkur jarayonda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunbuzilish xolatlariga yo‘l qo‘yilmagan.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech