22 Yanvar 2022 yil 614

Soha fidoyilaridan bir guruhiga mukofotlar topshirildi

Joriy yil 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligiga 30 yil bo‘ldi.

Xorazm viloyati IIB da bo‘lib o‘tgan tantanali yig‘ilish aynan ushbu sana munosabati bilan taqdirlangan bir guruh fidoyi xodimlarga mukofotlarni topshirish munosabati uyushtirildi.

Yig‘ilishda Xorazm viloyati IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov so‘zga chiqib o‘z nutqida so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarni yana-da takomillashtirish, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan keyin taqdirlangan xodimlarga mukofotlarni topshirishga kirishildi.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan bir guruh xodimlarga mukofotlar tantanali tarzda topshirilgan bo‘lsa,  o‘z vazifalarini sidqidildan bajarib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xodimlardan yana bir guruhiga Ichki ishlar Vazirining buyrug‘iga asosan “Benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, esdalik qo‘l soati, pul mukofotlari hamda “Faxriy yorlig‘i” topshirildi.

Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan xodimlarga ko‘rsatilgan ushbu eʼtibor ularning kelgusida o‘z xizmat vazifalarini  yana-da zo‘r shijoat bilan amalga oshirishlarida maʼnaviy kuch berishi shubhasiz.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech