12 Sentyabr 2022 yil 1492

TANLOV EʼLON QILADI 

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi 

TANLOV EʼLON QILADI 

Investor va qurilish tashkilotlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi PQ-4343-son qaroriga muvofiq, shuningdek  ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarini zamonaviy arzon uy-joylar bilan taminlash hisobidan ularni rag‘batlantirish hamda ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish maqsadida. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktyabrdagi 865-son  qarori qabul qilingan. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi xodimlari va harbiy xizmatchilar uchun ko‘p kvartirali uylarni “tayyor holda topshirish” shartlarida qurish bo‘yicha investor yoki qurilish tashkilotlarini hamkorlikka taklif etadi.

Xorazm viloyati IIBga qarashli Urganch shaxar I.Karimov ko‘chasi 110-uy manzilidagi “Sport markazi” xududining bo‘sh turgan bir qismida yaʼni, umumiy maydoni 3670 m2 bo‘lgan qismida 7 qavatdan iborat turar joy qurilishi bo‘yicha investor yoki qurilish tashkilotlari tomonidan hujjatlar to‘plami hamda quydagi shartlarni bajarish talab etiladi.

1. Investor yoki qurilish tashkilotining ustavi, guvohnomasi va reytingi.

2. Investor yoki qurilish tashkilotining faoliyati haqida maʼlumot
(3 yildan ortiq ishlagan bo‘lishi kerak).

3.  Xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan Investor yoki qurilish tashkiloti to‘g‘risida maʼlumotnoma hamda soliq boshqarmasidan  maʼlumotnoma.

4. Investor yoki qurilish tashkilotining moddiy texnik bazasi to‘g‘risida maʼlumot.

5.  Qurilishi rejalashtirilgan hududga loyiha taklifi (bosh reja, fasad, barcha qavatlar rejasi, 3D ko‘rinishi. Xodimlarga taklif qilinadigan kvartiralarning maydoni qaror talablariga asosan 2 xonali kamida 80 kv.m.,
3 xonali kamida 100 kv.m., 4 xonali kamida 120 kv.m. bo‘lishi zarur).

6.  Qurilish ishlarini olib borish, qurilish muddatlari va qurilish shartlari ko‘rsatilgan tarmoq rejasi tasdiqlangan ko‘rinishda.

7. Tanlov ishtirokchilarida ish (xizmat)larni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat resurslari, mutaxassislarning mavjudligi, mutaxassislarning yetarli kasbiy va texnikaviy malakaga, moliyaviy imkoniyatlarga, shartnoma tuzish yuzasidan fuqarolik-muomala layoqati va vakolatlariga ega bo‘lishlari shart hamda korxona tanlov obyektiga o‘xshash obyektlarda ishlaganlik tajribasi mavjudligi zarur.

8. Quyidagi tanlov ishtirokchilariga tanlov jarayonlarida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi: Qayta tashkil etilish (bo‘linish, qo‘shilish), tugatish yoki bankrotlik arafasida turganlarga va mol-mulki musodaraga olinganlar hamda muassislik kelishuv, moliyaviy ishtirok, xolding va boshqa shaklda ifodalangan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki bir-biriga moliyaviy qaramligi mavjud tashkilotlarga.

9. Qurilayotgan ko‘p qavatli turar joyning xonadonlari “tayyor holda topshirish” shartlari (xonadonlarning ichki va tashqi eshiklari norma talablariga asosan o‘rnatilishi.  Xonadonlarning  xar biriga  alohida zamonaviy  isitish kozoni va radiatorlar o‘rnatilishi. Oshxona, yo‘lak (karidor) va yashash xonalarining pol qismi laminant, devorlari to‘liq taʼmirlanib rang berilishi va shiftiga  osma lyustralar o‘rnatilishi. Yuvinish xonasi hamda xojatxona cho‘milish vannasi, unitaz, suv isitish moslamasi (ariston), umivalnik va  pol qismi isitish moslamasi (tyopliy pol) bilan to‘liq jixozlanishi hamda devorlari va pol qismi kafel bilan to‘liq qoplanishi. Oshxonaga gaz plita, idish yuvish umivalnigi hamda oshxona mebeli o‘rnatilishi (oshxona mebelining uzunligi kamida 2,5 metr) hamda mebeli oralig‘i lentasimon kafel bilan qoplanishi. Xar bir kvartira alohida elektr, gaz va suv xisoblagichlar bilan jixozlanishi) asosida amalga oshirilishi lozim.  

10. Qurilayotgan turar joy yer maydonidagi kerakli qurilma va inshootni o‘z xisobidan boshqa joyga ko‘chirish (“Sport markazi” perimetridagi 136 metr bo‘lgan devor).

11. Quriladigan turar joyning, foydali maydonining kamida 50% qismi Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilar uchun imtiyozli tarzda hamda arzon narxda ajratilishi.

12. Investor yoki qurilish tashkilotlari tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan  talablardan tashqari qo‘shimcha takliflar (imtiyozlar) kiritilishi mumkin.

Mazkur shartlar bo‘yicha hamkorlik qilish istagidagi investor yoki qurilish tashkilotlari 2022-yil 26-sentyabr 18:00ga qadar o‘z takliflarini (paket shaklida) quyidagi manzilga tagdim qilishlari mumkin.

Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahar Y.Bobojonov ko‘chasi, 14 uy.  Tanlov  mazkur manzilda 2022-yil 30-sentyabr kuni o‘tkaziladi (tanlov - eng yaxshi taklif shaklida olib boriladi)Maʼlumot uchun tel: 62-220-40-55.

Text to speech