25 Fevral 2021 yil 574

Tashna ko‘ngillarga mehr ulashildi

Ko‘ngil mehr istaydi. Darhaqiqat, inson ko‘ngli mehrga tashna. Biror yaqiningiz yo‘qlab kelganida qanchalar xursand bo‘lasiz. Shunday insonlar borki ko‘proq mehr istashadi, kimnidir intiqlik bilan kutishadi.

To‘g‘ri angladingiz, ular mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va muruvvat uylarida yashab-davolanayotgan insonlardir.

Kuni kecha Xiva shahridagi “Bolalar shaharchasi”da tarbiyalanayotgan  bolalardan bir guruhiga va erkaklar “Muruvvat” uyida yashab-davolanayotgan bir necha shaxslarga fuqarolikni tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirildi.

Xorazm viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i va masʼul xodimlari ID kartalarni o‘z egalariga topshirish uchun mazkur muassasalarga tashrif buyurdilar.

Ilk ID kartalarni tantanali ravishda qabul qilib olgan bolalar va muruvvatga muhtoj erkaklarning ko‘zidagi quvonch, qalbidagi jo‘shqinlik jarayonda ishtirok etgan barchaning qalbiga birdek ko‘chdi.

Bir so‘z bilan aytganda, ular o‘zlarining davlat himoyasida ekanliklarini yana-da kuchli his qildilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech