21 Oktyabr 2021 yil 753

Til – millat iftixori, g‘ururi

Mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan “21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan IIV Xorazm akademik litseyida ham “Yangi O‘zbekiston – yangi ichki ishlar organlari” shiori ostida “Til bilimdonlari” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Litsey o‘quvchilaridan tarkib topgan guruhlar “Til haqidagi o‘zbek xalq maqollarini sharhlash”, ““Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun bilimdoni” va “O‘zbek tili rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan adiblar” kabi shartlar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bilimlar bellashuvida “Tilshunoslar” va “Adabiyotshunoslar” guruhlari faol ishtirok etib, g‘olib bo‘ldilar.

Intellektual o‘yin davomida tomoshabinlar o‘rtasida g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodiga oid savollar bo‘yicha o‘tkazilgan viktorina esa barcha ishtirokchilarning adabiyotga, ayniqsa, o‘zbek tiliga befarq emasligi yana bir bor isbotladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yakunda g‘olib va faol ishtirokchilarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech