15 Oktyabr 2021 yil 437

Veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilish – salomatlik garovi

Xorazm viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda Xorazm veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari hamkorligida Urganch shahrida joylashgan dexqon bozorlarida veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda go‘sht va go‘sht mahsulotlarini sotilishini oldini olish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Reydlar davomida dehqon bozorlarida sotilayotgan go‘sht va go‘sht mahsulotlari veterinariya va sanitariya ahvoli o‘rganilib, sotuvchilar bilan chorva mollarini maxsus kushxonalarda so‘yilishi va mazkur ishlar gigiyena talablari doirasida amalga oshirilishi, qolaversa karantin qoidalariga rioya qilgan holda savdo qilishlari tushuntirildi.

Olib borilayotgan ushbu reyd tadbirlaridan ko‘zlangan maqsad isteʼmolchilar salomatligini himoya qilishdir.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech