17 Sentyabr 2022 yil 230

Xiva tumanini huquqbuzarliklardan holi hududga aylantirish borasidagi chora-tadbirlar belgilab olindi

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriqqa asosan, viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni yana-da takomillashtirish va kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriliyotganligi to‘g‘risida habar bergan edi.

 Xususan, yuqoridagi reja-topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi rahbariyati va masʼul xodimlari tomonidan viloyatdagi barcha shahar-tuman ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar idoraviy nazorat tartibida o‘rganib, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Joriy yilning 16 sentyabr kuni viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i polkovnik J.Q.Sadullayev rahbarligidagi ishchi guruh aʼzolari Xiva tumani IIBda bo‘lib, bo‘lim tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, taʼbir joiz bo‘lsa Xiva tumanini jinoyat va huquqbuzarliklardan batamom holi hududga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar batafsil o‘rganib chiqildi.

Ishchi guruh aʼzolari o‘rganishlar davomida asosiy eʼtiborni profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan umumiy, yakka, maxsus va viktimologik profilaktikani amalga oshirilishi va bu yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlarning to‘liq va to‘g‘riligiga qaratib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish hamda profilaktik ishlar samaradorligini oshirish borasida amaliy yordam ko‘rsatdilar.

O‘rganishlar yakunida profilaktika inspektorlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek qonunchilikdagi o‘zgartish va qo‘shimchalarni o‘rgatish maqsadida mahorat darsi o‘tkazildi.

Shu bilan birgalikda ishchi guruh aʼzolari profilaktika (katta) inspektorlarining xizmat uylaridan foydalanishda belgilangan tartibga rioya qilishlarini ham yaqindan o‘rgandilar.

 

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech