15 Dekabr 2022 yil 269

Xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish faoliyatimizning asosiy mezoni bo‘lishi lozim

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tasliqlangan reja-topshiriqqa asosan, Xorazm viloyati IIB hamda uning hududiy va sohaviy xizmatlarida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan manzilli va maqsadli chora-tadbirlar o‘tkazilishi belgilandi.

Shundan kelib chiqqan holda, viloyat IIB masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Shovot va Qo‘shko‘pir tumani ichki ishlar bo‘limlarida bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar “xodimbay” tartibida o‘rganildi.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.Imyaminov tomonidan IIB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan umumiy yig‘ilishlarda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish faoliyatimizning asosiy mezoni bo‘lishi kerakligi aytib o‘tildi.

O‘rganishlar jarayonida masʼul xodimlar ichki ishlar bo‘limlarida xodimlarning faoliyat olib borishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularning ish yurituvidagi hujjatlar bilan yaqindan tanishib, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga oid tavsiya va ko‘rsatma berdilar. Shu bilan birgalikda ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibining jangovor shayligi ham ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek xodimlarning oilaviy ahvoli, qo‘ni-qo‘shnilari bilan o‘zaro munosabatlari bilan yaqindan o‘rganildi. Profilaktika inspektorlarining xizmat uylaridan foydalanish tartibi ham ishchi guruh eʼtiboridan chetda qolmadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarning oilasini moddiy qo‘llab-quvvatlashga maqsadida tegishli takliflar kiritildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech