9 Noyabr 2022 yil 264

Xodimlarining band bo‘lmagan oila aʼzolarini ish bilan taʼminlashda monomarkaz bilan o‘rnatilgan hamkorlik o‘z samarasini bermoqda

Urganch shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi va viloyat ichki ishlar organlari o‘rtasida aholining band bo‘lmagan qismini kasb-hunarga o‘qitish, mehnatga jalb qilish hamda ularni bandligini taʼminlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatilgan.

Shunga asosan, Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xotin-qizlar Urganch shahridagi "Ishga marhamat" monomarkaziga tashrif buyurdilar. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, mazkur monomarkazda kasb-hunar o‘rganish maqsadida tahsil olayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining band bo‘lmagan  oila aʼzolari bilan uchrashib, ularning kelgusida ishga joylashishida amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Xodimlarning monomarkazga tashrifi kuni navbatdagi bitiruvchilarga tegishli sertifikatlarni topshirish jarayoni ham bo‘lib o‘tdi. Unda monomarkaz bitiruvchisi bo‘lgan ichki ishlar xodimlari oila aʼzolariga sertifikatlar aynan viloyat IIB masʼul xodimlari tomonidan topshirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech