24 Noyabr 2020 yil 637

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i Gurlan tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov tomonidan aholining murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida 2020 yilning 24 noyabr kuni Gurlan tumani “Nurobod” mahallasida joylashgan madaniyat markazi binosida (karantin qoidalariga qilgan holda) sayyor qabul o‘tkazildi.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i D.Nazarmuxamedov, Xorazm viloyati Xalq qabulxonasi mudiri S.Berdikilichоv va Gurlan tumani Hokimi  M.Achilovlar ishtirokida sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, qonuniy hal etishga oid qarorlar qabul qilindi.

Murojaatlar asosan ichki xo‘jalik yo‘llarini taʼmirlash, ichimlik suvi va elektr energiya bilan uzluksiz taʼminlash, ishga joylashish bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.

Sayyor qabul doirasida mahalliy yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa ularning muammo va takliflari o‘rganildi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilab olindi.

Shuningdek moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj uchta oilaga shu yerning o‘zida un, o‘simlik yog‘i va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining Gurlan tumanida o‘tkazgan mazkur sayyor qabuli “Mahalla” telekanalining ijodiy jamoasi tomonidan “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvi uchun yozib olindi.

  Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech