19 Fevral 2021 yil 442

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tashabbusi bilan 3-sektor hududida “Obod va xavfsiz mahalla” dasturi doirasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha Xorazm viloyati 3-sektor rahbari, viloyat IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov sektor hududida aholining turmush va yashash tarzini yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor bilan qarab kelmoqda.

Urganch tumanining “Orzu” mahallasi uzoq yillar davomida mutasaddi rahbarlar eʼtiboridan chetda qolib kelganligi bois, mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari, ichki yo‘llar, kommunikatsiya tarmoqlari butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan edi.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i shu bois ham “Obod va xavfsiz mahalla” dasturi doirasidagi qurilish taʼmirlash ishlarini aynan shu mahalladan boshlashni taklif etdi.

Bugun mahallada ish qizg‘in. Boshqarma boshlig‘i mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishib bormoqda. Mutaxassislar va mahalla aholisi bilan maslahatlashgan holda qo‘shimcha ijtimoiy soha obyektlarni qurish, mavjudlarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Aniq va shaffof reja asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini mahalla aholisi qo‘llab-quvvatlab, ko‘kalamzorlashtirilishi rejalashtirilgan hududlarga o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar fuqarolarning o‘zlari tomonidan ixtiyoriy ravishda buzib olinmoqda.

Kelgusida har bir mahallada shu kabi bunyodkorlik ishlarini olib borish rejalashtirilgan. Ushbu olib borilayotgan ishlardan ko‘zlangan maqsad yagona, u ham bo‘lsa aholining baxtli hayot kechirishini taʼminlash.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech