28 Yanvar 2023 yil 299

Xorazm viloyati IIB da navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat darsi” unutilmas jarayonlarga boy bo‘ldi

Ichki ishlar organlari xodimlarini ona-Vatanga va xalqiga sodiq, kasbiga fidoyi, mustaqil fikrlaydigan, izlanuvchan, intiluvchan, ziyrak, hushyor hamda istiqlol g‘oyalariga sadoqatli bo‘lgan maʼnaviyatli va maʼrifatli qilib tarbiyalashda aynan “Maʼnaviyat va maʼrifat darslari”ning o‘rni beqiyosdir.

Xorazm viloyati IIB da 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan “Maʼnaviyat va maʼrifat darsi” ham unutilmas onlarga boy bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Chunki ushbu dars mashg‘ulotida shaxsiy tarkib eʼtiboriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-sonli Qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib o‘tildi.

Xususan, Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.Imyaminov mazkur qaror Yangi O‘zbekistonning yangi ichki ishlar organlarini shakllantirish borasida qabul qilingan eng muhim qarorlardan biri ekanligini taʼkidlab, ushbu qarorni barcha shaxsiy tarkib puxta o‘zlashtirib olishi, shu bilan birgalikda o‘z faoliyatlarini amalga oshirishda mazkur qarorga so‘zsiz rioya qilishlari lozimligini uqtirib o‘tdi.

Bundan tashqari, taalluqli soha xodimlari tomonidan qaror yuzasidan berilgan tushuntirishlar ham shaxsiy tarkib mazkur qarorni puxta o‘zlashtirib olishida amaliy yordam berdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xizmat vazifasini bajarishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishib hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruhi fidoyi xodimlarning ota-onalariga Vazirlik rahbariyatining tashakkurnomasi topshirilganligi hamda xizmat burchi va qasamyodiga sodiqligini namoyon etib kelayotgan mayor Shahriyor Ismoilovning munosib taqdirlanganligi yig‘ilish ishtirokchilariga o‘zgacha ko‘tarinkilik va shijoat bag‘ishladi.

Taqdirlanganlar hamkasblarining cheksiz olqishiga sazovor bo‘ldilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech