7 Iyul 2020 yil 626

Xorazm viloyati IIB loyiha g‘olibi

Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha boshlangan ulkan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda hal qiluvchi rol o‘ynaydigan asosiy kuch yoshlardir. Shundan kelib chiqqan holda,  Xorazm viloyati Hokimligi va Yoshlar Ittifoqi viloyat kengashi tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yoshlarga imkon” loyihasi eʼlon qilingan edi.

30 iyun – “Yoshlar kuni” arafasida Xorazm viloyatida mazkur loyiha g‘oliblari aniqlandi.

Hayʼat aʼzolari va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asosan Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi loyiha g‘olibi deb eʼlon qilindi.

Joriy yilning o‘tgan davrida Xorazm viloyati IIB tomonidan 130 nafardan ortiq yoshlarning doimiy ish bilan taʼminlanganligi, shu bilan birgalikda nafaqat tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar balki viloyatda istiqomat qiluvchi barcha yoshlarning qalbida Vatanga daxldorlik hissini uyg‘otish, tashabbuskor va isteʼdodli yoshlarning o‘z iqtidorlarini namoyon etishlariga imkon yaratish, ijtimoiy faol (band) bo‘lmagan yoshlarni turli sohalarga yo‘naltirgan holda, jamiyatda munosib o‘rinlarini topishlari borasidagi amaliy ishlar ijobiy baholandi.

Xorazm viloyati Hokimining loyiha g‘olibini taqdirlash to‘g‘risidagi “Faxriy yorlig‘i” va esdalik sovg‘alari Xorazm viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi Yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori kapitan Azamat Nurullayevga tantanali ravishda topshirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech