25 Noyabr 2020 yil 584

Xorazm viloyati IIB tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi seminar “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida bo‘ldi

BMT Bosh Assambleyasining 1999 yil 17 dekabrdagi rezalyutsiyasiga ko‘ra “25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni” deb eʼlon qilingan.

Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda ayollar huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash borasida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Xorazm viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi tomonidan sana munosabati bilan IIV Xorazm akademik litseyida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida seminar tashkil etildi.

Viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qiluvchi xotin-qizlar hamda jamiyatda xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilishda faol ishtirok etib kelayotgan jamoatchilik vakillari qatnashgan ushbu seminarda ham aynan ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka butunlay chek qo‘yish bo‘yicha xalqaro va mamlakatimiz miqyosida olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Xususan, jamiyatimizda gender tenglikni taʼminlash borasida so‘nggi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni kundalik hayotimizga to‘liq va to‘g‘ri tatbiq etish borasida ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.

Seminar yakunida jamiyatimizda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi faol kurashib kelayotgan ichki ishlar organlari va jamoatchilik vakili bo‘lgan bir guruh xotin-qizlarga “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech