26 May 2023 yil 218

Xorazm viloyati Iichki ishlar boshqarmasida  xotin-qizlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi

Ichki ishlar organlarida eʼlon qilingan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar Dasturiga asosan Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xorazm viloyati IIB o‘tkazilgan navbatdagi “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri ham aynan ushbu chora-tadbirlar dasturi asosida tashkil etilib, unga sohada uzoq yillar samarali xizmat qilib pensiyaga chiqqan faxriy ayollar, shuningdek ayni kunlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar hamda IIV Xorazm akademik litseyining o‘quvchi qizlaridan bir guruhi taklif etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan isteʼfodagi polkovnik Gulnora Ro‘zmetova, podpolkovnik Sharofat Xusainova mayor Zuxra Tillayevalar ilgari ichki ishlar organlari xizmatidagi qiyinchiliklar va xozirgi kunda yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil so‘z yuritdilar.

 Shuningdek uchrashuvda ishtirok etgan viloyat IIB boshlig‘ining maslahatchisi, isteʼfodagi polkovnik Rustam Raximov, viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi isteʼfodagi polkovnik Aminboy Tojiyev va viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilash taʼminlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Dilnoza Bog‘ibekovalar ichki ishlar organlarida ustoz-shogird anʼanasini yana-da rivojlantirish afzalliklari to‘g‘risida misollar bilan tushuntirib, soha faxriylarining boy hayotiy va ish tajribasi yosh avlod uchun hamisha hayot mashʼali bo‘lib xizmat qilishini taʼkidlab o‘tdilar.

 Tadbir yakunida fidoyi xodimlar va litsey o‘quvchilaridan bir guruhiga “Faxriy yorliq” topshirildi.

Shu bilan birgalikda yosh xodimlarga o‘zlarining boy hayotiy va kasbiy tajribalarini o‘rgatib kelayotgan faol faxriylarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Ichki ishlar organlari yosh xodimlarining tajribasini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan uch avlod uchrashuvi shaklidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘ziga hos  mahorat maktabi vazifasini bajarmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech