21 Iyul 2020 yil 596

Xorazm viloyatida profilaktik tadbirlar tizimli ravishda davom etmoqda

Ayni kunlarda insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri albatta koronavirus infeksiyasi tarqatilishiga chek qo‘yish masalasidir desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shundan kelib chiqqan holda Xorazm viloyati ichki ishlar organlari xodimlari jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash bilan birgalikda, aholi orasida koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni ham uzluksiz va tizimli ravishda amalga oshirib kelmoqdalar.

Xususan, viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tarkibidagi profilaktika (katta) inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar o‘zlari masʼul bo‘lgan hududlarda joylashgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqdalar.

Huquqbuzarliklar profilaktika boshqarmasi tashabbusi bilan tayyorlangan ko‘rgazmali bukletlarning (dezinfeksion ishlov berilgach) aholi orasida tarqatilayotganligi bu boradagi ishlarning samaradorligini yana-da oshirmoqda.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlarning hududiy patranaj hamshiralari bilan hamkorlikda oilalarda kasallik belgilari paydo bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladigan birlamchi chora-tadbirlar to‘g‘risida tushuntirishlar berayotganliklari esa kasallikni ilk davridanoq aniqlash va davolashda yordam bermoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech