21 Yanvar 2022 yil 424

Xorazm viloyatida xotin-qizlar muammolari bilan ishlash “xonadonbay” usulida amalga oshirilmoqda

Ayni kunlarda Xorazm viloyatida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, nizoli oilalarni barvaqt aniqlash va ulardagi nizolarni bartaraf etish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Bu borada ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va ularning o‘rinbosarlari bilan uzviy aloqa o‘rnatgan holda ishlarni “xonadonbay” usulda olib bormoqdalar.  

Amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlar oilalarda paydo bo‘lgan har qanday ko‘rinishdagi nizoli xolatlarning ishtirokchisi bo‘lgan xotin-qizlarning dastlabki jarayondayoq mahalla faollari, kayvoni onaxonlarni jalb qilgan holda murosaga keltirish imkonini bermoqda.

Shu bilan birgalikda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni huquqiy himoya qilish maqsadida “himoya orderi” rasmiylashtirilmoqda.

Shuningdek “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan taʼminlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari ham chora-tadbirlar rejasidan o‘rin olgan.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar aholi orasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida profilaktik chora-tadbirlar olib borib, tibbiy niqoblar tarqatmoqdalar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech