17 Iyun 2020 yil 620

Xorazm viloyatidagi bolalar oromgohlarida karantin qoidalarini taʼminlash borasida

Koronavirus infeksiyasi dunyo hamjamiyatini tashvishga solishi bilan birgalikda, insonlarda ushbu xavfdan saqlanish, epidemiologik xavf mavjud bo‘lgan sharoitda yashash va ishlash instinktini ham shakllantirmoqda.

Bolajonlarning yoz mavsumida maroqli hordiq chiqarishida oromgohlarning o‘rni juda kattadir.

Shundan kelib chiqqan holda Xorazm viloyatidagi bolalar oromgohlari ham mavsumning ilk smenasida bolajonlarni o‘z bag‘riga oldi.

Shunday bo‘lsada, koronavirus infeksiyasining bolalar oromgohlarida tarqalishini oldini olish maqsadida Xorazm viloyati IIB tomonidan profilaktik chora-tadbirlar belgilab olindi.

Jumladan, oromgohlar hududiga begona shaxslarning kirishi qatʼiyan taqiqlab qo‘yildi va ishchi xizmatchilari o‘rtasida sanitariya-gigiyena va karantin qoidalariga rioya qilish borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech