30 Noyabr 2020 yil 2197

Xorazmda “Biz yoshlar – OITSga qarshimiz” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi

“1 dekabr - Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan IIV Xorazm akademik litseyida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. “Biz yoshlar – OITSga qarshimiz” mavzusida bo‘lib o‘tgan ko‘rik-tanlovda litsey o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.

Mavzuga oid “Eng yaxshi rasm”, “Eng yaxshi videolavha”, “Eng taʼsirchan hunarmandlik ishi”  nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda litsey o‘quvchilari OITS kasalligi va uning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida o‘zlarining bilim va tushunchalarini namoyish qildilar.

Hakamlar hayʼati tomonidan nominatsiya g‘olibi deb topilgan o‘quvchilar diplom bilan  taqdirlandi.

Shuningdek malakali mutaxassis tomonidan “OITS kasalligidan saqlanish” mavzusida berilgan tayanch tushunchalar o‘quvchi yoshlarning ushbu bedavo kasallik to‘g‘risidagi bilimlarini yana-da shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech