24 Fevral 2021 yil 598

Xorazmda xotin-qizlar bilan ishlashning “mahallabay” tizimi ijobiy natijasini bermoqda

Ayni kunlarda Xorazm viloyatida mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar “mahallabay” tizimida amalga oshirilmoqda.

Qisqa muddatda o‘zining ijobiy samarasini bergan ushbu tizim xotin-qizlar bilan ishlash masalasiga ham tatbiq etildi.

Endilikda viloyatda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash borasida shahar-tuman ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari va mahalla fuqarolar yig‘ini  raisining xotin-qizlarni ijtimoiy-maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari o‘rtasida bevosita hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Bu esa o‘z navbatida xotin-qizlarning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq holatlarni barvaqt aniqlash va oldini olish imkonini bermoqda.

Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning o‘tgan davrida viloyat hududida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 250 nafardan ortiq xotin-qizlarga nisbatan “Himoya orderi” rasmiylashtirilib, ularning barchasi davlat tomonidan qonuniy himoyaga olindi.

Shuningdek, ichki ishlar organlarining tashabbusi bilan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 76 nafar xotin-qizlarning doimiy ish bilan bandligi taʼminlandi.

Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida esa viloyat hududida xotin-qizlar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan keskin kamayishiga erishildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati   

Text to speech