27 Fevral 2021 yil 7845

ZULFIYAXONIM – MEHR- MUHABBAT VA SADOQAT TIMSOLI

O‘zbek sheʼriyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi Zulfiyani bilmaydigan, uning biror sheʼrini yod olmagan zamonamiz yoshlari bo‘lmasa kerak. Sevimli shoiramiz o‘z sheʼrlari bilan bizlarni nafosatga, ezgulikka oshno etib, oppoq tong sari yetaklab, qalb harorati bilan isitib kelmoqda.  Benazir  ayol,  buyuk ona, vafo va sadoqat  timsoli  shoira Zulfiya Isroilova tavalludining bu yil 106 yilligini nishonlaymiz.

Ana shunday barhayot shoiramizni xotirlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi Xorazm akademik litseyining  1-bosqich(“O‘zbegim qizlari”) va  2-bosqich(“Zulfiyaxonim izdoshlari”) o‘quvchi qizlari o‘rtasida “Zulfiyaxonim – mehr-muhabbat va sadoqat timsoli” deb  nomlangan bellashuv bo‘lib o‘tdi.  Shuningdek,  shoira siymosini aks ettiruvchi rasmlar tanlovi ham tashkil qilindi.

Bellashuv quyidagi shartlar asosida bo‘lib o‘tdi:

1-shart “ Zulfiyaxonimga tarif”.

2-shart Zulfiya Isroilova hayoti va ijodi bo‘yicha savollarga javob berish.

3-shart  Mushoira

4-shart Badiiy mahorat sharti  

         Tadbirda  Xorazm viloyat yozuvchilar uyushmasi azosi, Az-Zamaxshariy nomidagi  Viloyat axborot kutubxona markazi katta hodimi Shuhrat Matkarimov hamda Xorazm viloyat yozuvchilar uyushmasi yetakchi mutaxassisi  shoira Shams va  O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i kapitan Farrux Otajonov ham ishtirok etdilar.

Bellashuv natijalariga ko‘ra  2-bosqich o‘quvchilarining “Zulfiyaxonim izdoshlari“ jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, rasmlar tanlovida 2-bosqich o‘quvchisi Quramboyev Mirali Umrbek o‘g‘li chizgan rasm hakamlar hayʼati tomonidan Eng yaxshi rasmdeb topildi.

 G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

Nasiba Abdullayeva ,

IIV Xorazm akademik litseyi  Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Text to speech